Ижро интизомини таъминлашда раҳбарларнинг шахсий жавобгарлиги

 

 

Жорий йилнинг 9 март куни Халқ таълими вазирлиги томонидан Ўзбекистон Республикаси Президентининг ҳужжатлари ва топшириқларини самарали ва натижали ижро этилиши, шунингдек ижро интизоми мустаҳкамланиши учун барча даражалардаги раҳбарларнинг шахсий жавобгарлигини ошириш, умумий ўрта таълим мактаблари раҳбар ва ўқитувчиларининг иш вақти меъёрларини қайта кўриб чиқиш асосида ортиқча ҳисоботларни камайтириш бўйича амалга оширилаётган ишлар, билимлар беллашуви ҳамда таълим сифати мониторинги жараёнларини ўтказишга тайёргарлик кўриш масалаларига бағишланган йиғилиш ўтказилди.

Унда вазирлик раҳбарияти, бошқарма ва бўлим бошлиқлари, Қорақалпоғистон Республикаси Халқ таълими вазири, вилоятлар ва Тошкент шаҳар халқ таълими бошқармалари бошлиқлари, туман(шаҳар) халқ таълими бўлимлари мудирлари ҳамда ижро интизомига масъул ходимлар, таълим сифати бўлими инспекторметодистлари ва кадрлар бўйича мутахассислар ҳамда таълим муассасалари раҳбарлари иштирок этишди.

Йиғилишда Ўзбекистон Республикаси Қонунлари, Президент ва Ҳукумат қарорлари ва ҳужжатларини бажарилиши бўйича ҳудудий халқ таълими бошқарув идораларида ижро интизоми ҳолати мониторинги натижалари, жисмоний ва юридик шахслардан келиб тушган мурожаатлар таҳлили, уларнинг келиб чиқиш сабаблари ҳамда бартараф этиш юзасидан амалга оширилаётган ишлар, бу борада раҳбар ва ходимларнинг шахсий жавобгарлиги масалалари муҳокама қилинди.

Вазирликка шу кунга қадар жами 399 та ҳужжат, шундан Ўзбекистон Республикасининг 2 та қонуни, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 41 та фармони, 125 та қарори, 13 та фармойиши ҳамда Ҳукуматнинг 218 та қарорлари ва фармойишлари келиб тушган бўлиб, ҳужжатлар ижроси бўйича вазирликнинг тегишли ҳужжатлари қабул қилинган ва ижрога йўналтирилган.

Ушбу ҳужжатлар ижроси бўйича вазирлик томонидан 53 та мақсадли ва комплекс ўрганишлар амалга оширилди. Ўрганиш натижалари 35 та мажлисларда муҳокама қилинди. Йиғилишларда тизимдаги 146 нафар раҳбарларга нисбатан интизомий жазо чоралари қўлланилиб, шундан 18 нафари лавозимидан озод этилди, 109 нафарига ҳайфсан эълон қилинди, 19 нафарига нисбатан ойлик иш ҳақига нисбатан жарима жазоси қўлланилди.

Ҳудудлар кесимида таҳлил қилинганда энг кўп интизомий жазо чоралари Қашқадарё, Андижон, Фарғона ва Самарқанд вилоятларидаги раҳбарларга нисбатан  қўлланилган.

Ҳудудий халқ таълими бошқарув идоралари томонидан мазкур йўналишда йўл қўйилган камчиликлар бирмабир муҳокама қилиниб келгусида такрорланмаслиги юзасидан тегишли чоратадбирлар белгиланди.

Йиғилиш якунида келгусида амалга оширилиши лозим бўлган муҳим вазифалар белгилаб олинди.

 

Халқ таълими вазирлиги
Матбуот хизмати

Kasbu hunar — bebaho boylik

2017.12.25 | Yangiliklar

rasm

Prezidentimiz tashabbusi bilan umumta’lim maktablarida 10, 11-sinflarning qayta tashkil etilishi yoshlar, ota-onalar va keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg’otdi.

Bu ertamiz egalarining bilimli, kasb-hunarli bo’lib ulg’ayishi, ma’naviyati, odob-axloqi, bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishi ustidan mahalla-ko’y va jamoatchilik nazoratining o’rnatilishiga keng imkoniyat yaratdi. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri o’rinbosari Dilshod Kenjaev muxbirimizga shu haqda so’zlab berdi.

— Xalqimizda “Ilmu hunar elga emas, elga”, degan naql bor. Darhaqiqat, inson kasb-kori, ilmu hunari bilan hayotini farovon, dasturxonini to’kin qiladi, ham el-yurt -taraqqiyotiga hissa qo’shadi, — deydi D. Kenjaev. — Mamlakatimizda ertamiz egalarining zamonaviy ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlash bilan birga, ularning o’z qiziqishlaridan kelib chiqib, kasb-hunar o’rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan keng ko’lamli ishlar zamirida ana shunday ezgu maqsadlar mujassam. Zero, katta hayotga qadam qo’yayotgan yosh yigit-qiz kasbli, hunarli bo’lsa, kelajakda turmush so’qmoqlarida qoqilmaydi, jamiyatda o’z o’rnini, yo’lini topadi. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o’quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjatga muvofiq, umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10, 11-sinflari o’quvchilari uchun kasbiy ta’limni tashkil etish to’g’risidagi nizom, o’quv-ishlab chiqarish majmualari uchun talab qilinadigan asbob-uskunalar va jihozlar ro’yxati, 2018 — 2020 yillarda o’quv-ishlab chiqarish majmualarini zarur jihozlar bilan ta’minlash dasturi, mazkur majmualar faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi tasdiqlandi.

Majmualarda yoshlarning kasb-hunar ko’nikmalarini puxta o’zlashtirishini ta’minlash, bu borada “Ustoz — shogird” an’analari, mahalliy hamda xorijiy ilg’or tajribadan foydalanish belgilangan. Jarayonda kasblarning malaka talablari va kasbiy ta’lim berishning metodik ta’minoti takomillashtirib boriladi. Innovatsion-pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng qo’llanilishi kasbiy ta’lim berish sifatini oshirish bilan birga, o’quvchilarning zamon bilan hamqadam bo’lishiga, ularda mustaqil fikr va hayotiy pozitsiyani shakllantirishga xizmat qiladi.

Bu boradagi xayrli ishlar mehnat bozori uchun maxsus hamda chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etilmaydigan kasblar bo’yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning samarali mexanizmlaridan biriga aylanishi, shubhasiz.

O’quv-ishlab chiqarish majmualarini zamon talablariga mos jihozlar bilan ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunga O’zbekiston Respublikasi Moliya -vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi, xalqaro hamda xorijiy moliya tashkilotlarining mablag’lari, jumladan, imtiyozli xorijiy kreditlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablag’lari sarflanadi.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etiladigan majmualar ushbu ta’lim muassasalarining o’quv binolari, jumladan, sinf xonalari hamda ustaxonalaridan bepul foydalanadi. Ta’lim jarayoniga pedagoglar bilan birga, mohir usta-hunarmandlar ham jalb qilinadi. Ularni moddiy rag’batlantirish va mehnatiga haq to’lash majmua faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridan olisda joylashgan maktablarda tashkil etiladigan majmualarni kasbiy ta’lim sohasida amaliy-metodik ish tajribasiga ega malakali pedagoglar, ishlab -chiqarish ta’limi ustalari bilan ta’minlash choralarini ko’rayapmiz. Majmualarda o’rgatiladigan kasblar bo’yicha malaka talablari, mashg’ulotlar rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqish, ularni muntazam takomillashtirib borish va amaliyotga joriy etish qat’iy nazoratga olingan.

Har yili ish beruvchilar taklifiga asosan, majmualarda o’quvchilarga o’rgatiladigan kasblar ro’yxati mehnat bozori ehtiyojlari asosida qayta ko’rib chiqilib, zarur hollarda ularga o’zgartirish hamda qo’shimchalar kiritib boriladi. Zero, o’quvchilar, ota-onalar va keng jamoatchilikning taklif hamda mulohazalarini inobatga olgan holda, bitiruvchilarga umumiy o’rta ta’lim muassasalarini tugatganlik to’g’risidagi shahodatnoma bilan birga, majmuada o’rgatilgan kasblar bo’yicha diplom berilishi ko’zda tutilmoqda. Bu yoshlarning maktabni tugatgach, ishga joylashishi yoki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilik bilan shug’ullanishiga imkon beradi.

Ota-onalardan farzandlari ertalab uydan o’qishga chiqib ketgach, ba’zan nazoratsiz qolayotgani, kollejlarda davomat masalasiga etarlicha e’tibor qaratilmayotgani haqida e’tirozlar bo’lib turadi. Endi dilbandlari ko’z o’ngida, turarjoyiga yaqin atrofdagi maktabda unib-o’sadi. Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgan qarorga muvofiq, endilikda tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi mudirining o’rinbosari va umumiy o’rta ta’lim muassasasi direktori majmualarda kasbiy ta’lim berish jarayonini tashkil qilish uchun o’quvchilar guruhlarini shakllantirish hamda ularning davomati ustidan doimiy nazorat o’rnatishga mas’ul.

Bugungi kunda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining optimallashtirilishi, ayrimlarida o’quvchilar sonining kamayib ketishi munosabati bilan o’quv binolari, sinf xonalari, texnik vositalar va laboratoriya jihozlarini maktablarga, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga berish hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda. Zarur o’quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va nashr etish ishlari boshlab yuborilgan.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari tegishli vazirlik va idoralar bilan birga, majmualarda o’rgatiladigan kasblarni hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga muvofiqlashtirish, 2019 yildan boshlab esa bitiruvchilar uchun zarur ish o’rinlari yaratish choralarini ko’rayotgani farzandlarimiz istiqboli yo’lidagi ishlar har tomonlama chuqur o’ylab, puxta hamda rejali asosda amalga oshirilayotganidan dalolatdir. Zotan, yuksak -bilimli, ilmu hunarli, kasb-korli yoshlar — xalqimizning bebaho boyligi, mamlakatimiz taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchdir.

“Kamalak” a’zosiman!” mavzuiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi

Yurtboshimizning tashabbusi bilan navqiron avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, iste’dod va imkoniyatlarini keng namoyon etishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotir.

_MG_5009

“Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan anjuman ham ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Jizzax shahrida tashkil etilgan “Kamalak” a’zosiman!” mavzuidagi tadbir ham yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga muhim omil bo’lmoqda. Tashkil etilgan mazkur tadbirda Jizzax shaxridagi umumiy o’rta ta’lim maktablarining jami 500 nafar sinf sardorlari kamalak a’zoligiga qabul qilindi.

_MG_5055

Shu bilan birga Jizzax shahridagi 22-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 1-sinf o’quvchilari ishtirokida a’zolikka qabul qilish tadbiri ham o’tkazildi.
Shuningdek, a’zolikka qabul qilish marosimi viloyatimizning har bir umumta’lim maktablarida o’tkazilmoqda.
Viloyat hokimligi Axborot xizmati.